“Sun’iy intellekt va uning ta’limdagi imkoniyatlari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi
11.11.2025 00:21:08 9
Namangan davlat pedagogika institutida talabalarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan sun’iy intellekt tizimlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Murodxon Qodirxonov tomonidan “Sun’iy intellekt va uning ta’limdagi imkoniyatlari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
Oʻquv seminari davomida, sunʼiy intellektdan taʼlim va innovatsion faoliyatda foydalanishning oʻziga xos jihatlari, zamonaviy axborot vositalarining keng imkoniyatlari, AI dan samarali foydalanish mexanizmlari boʻyicha batafsil maʼlumot berib oʻtildi.
Shuningdek, seminar yakunida Pedagogika fakulteti Pedagogika taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Bekzodjon Mamatov institutda tashkil etilgan "Sunʼiy intellekt pedagogik markazi"ning talab-yoshlar bilan ishlash boʻyicha koordinatori etib tayinlandi.