Fanda erishilayotgan yutuqlar: NamDPI vakillari kimyo fakultetida
15.05.2025 09:44:28 16
Namangan davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.Qodirxonov Qarag'anda davlat universiteti Ilmiy ishlar prorektori, kimyo fanlari doktori, akademik Erkeblan Tajbayev hamrohligida kimyo fakulteti bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida M.Qodirxonov fakultetning oʻquv va ilmiy laboratoriyalarining zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanganligi va faoliyat olib borish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.
Tashrif ijobiy yangiliklarga boy boʻlib, NamDPI va QarDU oʻzaro ilmiy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishni belgilab olishdi.
Shuningdek, hamkorlikda ilmiy anjuman va konferensiyalar tashkil etish va NamDPI tatqiqotchilariga ilmiy laboratoriyadan erkin foydalanish, ilmiy stajirovkalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.