G'alabalar davom etmoqda!
01.05.2026 14:25:56 32
Qirg'iziston Respublikasi Bishkek shahrida bel olish kurashi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada 80 kg vazn toifasida Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi JSM-BU-24 guruh talabasi Yoqubov Yoqubjon Shuxratjon o'g'li Yakubbayev Maqsudjon murabbiyligi ostida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Erishilgan munosib yutuq bilan Yoqubov Yoqubjon Shuxratjon o'g'lini institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!