"OBI-HAYOT" 2-MAVSUMI OCHILDI!
26.06.2025 09:04:31 5
Yozgi ta’til — har bir bola uchun orziqib kutilgan erkinlik, yangi doʻstlar, qiziqarli oʻyinlar va unutilmas lahzalar faslidir. Ana shunday ajoyib damlarni taqdim etuvchi maskanlardan biri bu — "OBI-HAYOT" bolalar sogʻlomlashtirish va dam oldirish oromgohidir.

Oromgoh hududi yam-yashil daraxtlar bilan oʻralgan, havosi musaffo va osoyishta muhit hukmron. Bu yer bolalarning haqiqiy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlarga ega.
Hozirda ushbu oromgohda Namangan davlat pedagogika institutining Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich BTS-CU-23 guruh talabasi Marjona To'xtanazarova faoliyat olib borib, bolalarni maroqli dam olishi uchun oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.