"Xotira hiyoboni"ga tashrif
05.05.2025 08:57:56 20
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika Logopediya yo'nalishi 1-bosqich talabalari biriktirilgan tyutori bilan birgalikda 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Namangan viloyatida joylashgan "Xotira hiyoboni"ga tashrif buyurib, motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻyishdi.

Tashrif davomida ll-jahon urushida ishtirok etgan namanganlik qahramonlar hamda motamsaro ona haykali haqida maʼlumot olib, mavzu doirasida davra suhbati tashkil etishdi.