Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar bilan muloqot
13.09.2025 08:38:44 2
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida talaba qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – institutga yangi qabul qilingan talaba qizlar bilan yaqindan tanishish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tarbiyaviy hamda targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, institutda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda huquqiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishdilar.