English English English

Xotin-qizlarga e’tibor jamiyat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi

  18.09.2025 08:59:03    6



Xotin-qizlarga e’tibor jamiyat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi


Bugun davlatimiz rahbari Namangan shahrida o‘z ishini boshlagan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Hurmatli Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida barcha sohalar kabi xotin-qizlarni jamiyat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning juda muhimligiga alohida to‘xtalib, ularning saloxiyatini to‘liq ishga solish, jamiyat iqtisodiyotiga va ijtimoiy hayotiga katta poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Jumladan, Davlatimiz rahbari o‘z nutqida shunday dedi:
"Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.

Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi.
“Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambag‘allikka tushib qolmasligini kafolatlaydi”,
Darhaqiqat xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari, kasbga yo‘naltirish, jamoat ishlarida qatnashish kabi jarayonlar amalda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshiradi. Bularning barchasi bilan birga, qonunchilikdagi o‘zgartirishlar ham xotin-qizlarning har tomonlama huquqlarini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.

Go’zal TAJIBOYEVA
Xotin qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi