Qozog‘iston oliygohlarida o‘qish uchun O‘zbekiston fuqarolariga jami 20 ta grant o‘rni ajratishini ma’lum qildi
10.06.2025 16:37:22 34
Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi 2022-yil 22-dekabrda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim”ning 8-bandiga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Qozog‘iston oliygohlarida o‘qish uchun O‘zbekiston fuqarolariga jami 20 ta grant o‘rni ajratishini ma’lum qildi.
Xususan: 14 ta o‘rin – bakalavriat bosqichida o‘qish uchun; 6 ta o‘rin – magistratura bosqichida o‘qish uchun ajratiladi. Grant to‘liq bepul o‘qishni nazarda tutadi, transport va yashash xarajatlari talabaning o‘z hisobidan qoplanadi.