NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “YOSH GIDLAR MAKTABI” LOYIHASI BOSHLANDI!
28.07.2025 08:49:13 29
Hurmatli talabalar!
Agar siz turizm industriyasiga qiziqsangiz hamda yozgi ta’tilni samarali, mazmunan boy tarzda o‘tkazishni istasangiz, ushbu loyiha aynan siz uchun! “Yosh gidlar maktabi” nomli innovatsion dastur sizning kasbiy va amaliy salohiyatingizni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Namangan davlat pedagogika institutida talabalar orasida turizm yo‘nalishiga bo‘lgan ilmiy-amaliy qiziqishni oshirish, ekskursovodlik (gidlik) faoliyatiga oid amaliy malakalarni shakllantirish, shuningdek, ushbu sohada zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida maxsus o‘quv loyihasi — “Yosh gidlar maktabi” ishga tushirilmoqda.
✅ Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-iyulgacha;
📧 Arizalar: azizbekurmonjonov2@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun avgust oyida “Yosh gidlarni tayyorlash” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etiladi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 99 988 84 31
👉 NIZOM BILAN TANISHISH (https://t.me/Namdpi_Ilmiy/806) 👈