English English English

E'TIROF VA EHTIROM

  25.03.2026 09:59:27    3


Namangan davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan ilmiy-ijodiy uchrashuv yakunida ta’lim va ilm-fan sohasiga xizmat qilayotgan olimlarni e’tirof etish marosimi bo‘lib o‘tdi.


E'TIROF VA EHTIROM


Institut rektori Bahodir Xusanov boshchiligida tashkil etilgan tadbirda pedagogika fanlari doktori, professor, akademik Xolboy Ibraimovning institutga tashrifi, pedagogika ilmi hamda ta’lim tizimi rivojiga qaratilgan ilmiy faoliyati alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan akademik Xolboy Ibraimovga Namangan davlat pedagogika instituti rektorining tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronovning ilmiy-pedagogik faoliyati, pedagog kadrlar tayyorlash jarayonidagi samarali ishlari hamda oliy ta’lim tizimidagi uzoq yillik tajribasi inobatga olinib, unga Namangan davlat pedagogika institutining “Faxriy professori” unvoni berildi.

Marosim davomida ilm-fan va ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil ishlar, yosh mutaxassislar tayyorlash jarayonida tajribali olimlarning o‘rni va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida olimlarga samimiy tilaklar bildirilib, kelgusida ham ta’lim va ilm-fan yo‘lida samarali hamkorlik davom etishi ta’kidlandi.


E'TIROF VA EHTIROM E'TIROF VA EHTIROM E'TIROF VA EHTIROM E'TIROF VA EHTIROM E'TIROF VA EHTIROM