"KITOB ULASHAMIZ" AKSIYASI TALABALAR TOMONIDAN DAVOM ETTIRILMOQDA!
08.06.2026 23:10:11 4
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi G. Rafikova boshchiligida Boshlang'ich ta'lim yo‘nalishi 1-bosqich magistr talabalari tomonidan “Kitob ulashamiz” aksiyasi doirasida Axborot-resurs markaziga badiiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar hadya qilindi.
Mazkur aksiya yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirish, shuningdek, Axborot-resurs markazi fondini boyitishga xizmat qilmoqda. Talabalar tomonidan taqdim etilgan kitoblar kelgusida ko‘plab kitobxonlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga munosib hissa qo‘shadi.