"Kelajakka qadam" — talabalar uchun manfaatli loyiha
02.06.2025 20:51:21 44

Namangan davlat pedagogika instituti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyati bosh boshqarmasi hamkorligida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi kurs talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Begali Xolmirov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Yoshlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi Elyor Ikromov "Oʻzmilliybank" AJ "Kelajakka qadam" markazi loyiha kuratori Azimjon Ilxamov hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorining mazmun-mohiyati va qarorda belgilangan vazifalarni bajarilishi hamda “Kelajakka qadam” markazlari orqali amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar bitiruvchi kurs talabalariga tushuntirishdan iborat.
Seminar soʻnggida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.