Namangan davlat pedagogika institutida Namangan yoshlar texnoparki tomonidan "InnoX" biznes inkubator va akselerator dasturi bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
24.09.2025 08:49:24 33
Uchrashuvda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig'i R.Tursunov, Yoshlar texnoparki mas’ul xodimlari va mentorlar U.Turdaliev, B.Mehmonov, D.Akbaraliev, Y.Qo‘ziboyeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan ilmiy g'oya yo'nalishi bo'yicha normativ hujjatlarni shakllantirish, biznes uchun samarali marketing strategiyasini ishlab chiqish, startap loyiha uchun muvaffaqiyatli jamoa va hamkor topish, startap loyihaning biznes rejasini shakllantirish: rezyume, ijrochilar, loyiha tavsifi va marketing tahlili kabi masalalar yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.