“Mo'jizaviy Yangi yil” bayram dasturi
23.12.2024 16:31:56 28
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kafedrasi o’qituvchilari, fakultet yoshlar yetakchisi va yoshlar kengashi tomonidan “Mo'jizaviy Yangi yil” bayram dasturi tashkil etildi.

Bayram dasturida prorektorlar, dekan va bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Tadbirni O’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Abdunazarov hamda Pedagogika fakulteti dekani Z.Abdullayev ochib berdi.
Dastur davomida o’zining a’lo baholari va na’munali xulqi bilan barchaga namuna bo’lib kelayotgan fakultet talabalari institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Tashkil etilgan bayram dasturida turli xil kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari iqtidorli talabalar tomonidan namoyish etilib, barchaga yuqori kayfiyat bag’ishladi.