Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
30.01.2026 08:57:11 8
Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilidagi 6-sonli Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlis institutning Renessans zalida tashkil etilib, unda institut rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim va xizmatlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishni institut rektori B.E.Xusanov kirish so‘zi bilan ochib, institut Kengashi a’zolari tarkibiga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli qarori — “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatdan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan atroflicha fikr bildirdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan:
➡️O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarov institutda “Inklyuziv ta’lim markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha ma’ruza qildi.
➡️Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isqoboyev “Ommaviy vatanparvarlik oyligi” doirasida institutda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.
➡️Xalqaro bo‘lim boshlig‘i A.Tursunpo‘latov bo‘limning 2025-yildagi faoliyati bo‘yicha tanqidiy-tahliliy hisobot hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalarni taqdim etdi.
Berilgan ma'lumotlar yuzasidan savol va takliflar berilib atroflicha o'rganildi...