Bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli islohotlar belgilandi
08.08.2025 08:38:28 13
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 40 ta oliygohga berilgan moliyaviy mustaqillik iqtisodiyot, yuridik, tibbiyot, tillar va pedagogika yoʻnalishlarida samara bergan boʻlsa-da, muhandislik va STEM sohalaridagi ayrim oliygohlar daromad topish va yoshlar uchun jozibadorlik borasida ortda qolayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, rektorlar vakolatini kengaytirish, oliygohlarni tashkiliy va akademik mustaqil qilish, moliyalashtirishni natijaga qarab amalga oshirish tizimi joriy etiladi. “Yangi Oʻzbekiston” universitetining baholash mezonlari barcha oliygohlarda tatbiq qilinib, bitiruvchilar bandligi, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro maqolalar kabi koʻrsatkichlar asosida reyting shakllantiriladi.
Prezidentimiz abituriyentlarga berilgan 5 ta oliygohni tanlash imkoniyati yanada kengaytirilishini bildirdi. Endi toʻplagan bali boshqa oliygohdagi boʻsh oʻringa mos kelgan yoshlar kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin boʻladi. Bu davlat va xususiy oliygohlar oʻrtasida sogʻlom raqobatni kuchaytiradi.
Yigʻilishda rektorlar maktabini tashkil etish, eng yaxshi nomzodlarni xalqaro tajriba uchun Garvard universitetiga yuborish, shuningdek, “super” kontrakt summalarini tabaqalashgan holda belgilash kabi tashabbuslar ham ilgari surildi.
Shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan belgilangan chora-tadbirlar oliy taʼlim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishi va ilmiy hamda amaliy salohiyatni kuchaytirishi, shubhasiz. Bu esa, oʻz navbatida, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kuchli turtki beradi.
Rayhona TILLAYEVA,
Filologiya kafedrasi mudiri