Ilm va salomatlik: sogʻlom hayot haqida mutaxassis bilan suhbat
19.06.2025 08:46:25 26
Namangan davlat pedagogika institutida «Dolzarb 90 kunlik» loyihasi doirasida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Boltobayev Sadulla Abdullayevich tomonidan “Tibbiy madaniyat – eng dolzarb bilimlar jamlanmasi” nomli sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom hayot tarziga chorlovchi davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida maʼruzachi tomonidan sog‘lom ovqatlanishning ilmiy asoslari, ratsional ovqatlanish me’yorlari, organizm uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarining nisbati, kundalik me’yordagi suv ichish tartibi hamda zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.