Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi
14.09.2025 08:45:47 41
Namangan davlat pedagogika institutida talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning turmush tarzi va ijtimoiy hayotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda ijara xonadonlariga tashriflar uyushtirilmoqda.
Institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova talabalarning ijara xonadonlarida bo‘lishdi.
Tashrif davomida:
➡️ Talabalar yashash sharoitlari va xonalar ozodaligi ko‘zdan kechirildi;
➡️ Talabalarning o‘zaro muomala va munosabatlari o‘rganildi;
➡️ Xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazildi.
✅ Talabalarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklarga qatnashish, sport bilan shug‘ullanish va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔛 Mazkur tashrif talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ta’lim jarayonida faol bo‘lishini rag‘batlantirish hamda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.