English English English

NamDPI rektori Bahodir Xusanovning Qurbon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

  06.06.2025 14:33:11    6


Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, professor-oʻqituvchilar, jonkuyar xodimlar hamda talabalar!


NamDPI rektori  Bahodir Xusanovning  Qurbon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI


Sizlarni ulug' va muborak ayyom — Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo’llab-quvvatlash mohiyatini mujassam qilgan bayram barchamizga muborak bo’lsin!
Qurbon hayiti xalqimizni ezgulik, saxovat, bag‘rikenglik va mehr-oqibat ruhida yanada birlashtiradigan, insonni yuksak maʼnaviy qadriyatlar sari undaydigan bayramdir. Bu muqaddas kunlarda ezgu niyatlar bilan amalga oshiriladigan xayrli ishlarda xalqimizning o‘zaro hurmat va birdamlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanadi.
Bugungi kunda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodni yetuk mutaxassis va yetakchi olimlar etib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ana shunday masʼuliyatli va sharafli jarayonda Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz va tashabbuslaringiz tahsinga loyiqdir.

Bu ulug‘ ayyomda ezgu niyatlarimiz, ilm-fan yo‘lidagi intilishlarimiz va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mehnatlarimiz barakali bo‘lishini tilab qolaman.

Bayram barchangizga qut-baraka, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik va farovonlik olib kelsin!

Aziz xalqimizni yuksak insonparvarlik va fidoyilik fazilatlari tark etmasin! Vatanimiz tinchligi, xalq farovonligi, jamiyatimiz osoyishtaligi yoʻlidagi ezgu ishlarimiz bardavom boʻlsin!