Namangan davlat pedagogika institutida "Institut malikasi" tanlovi o'tkazildi
24.03.2026 10:04:24 13
Tanlovda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Maxmudova, inspektor G.Rahmatullayeva hamda dekan maslahatchilari G.Odilova, G.Dexqonovalar hamda tyutorlar ishtirok etdilar.
Tanlov quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:
1-shart: Insho tanlovi
2-shart: “Milliy qadriyatlar uyg‘unligi” (ijodiy ish)
3-shart: Alla aytish
4-shart: Erkin mavzu – “Milliylik – millat ko‘zgusi”
Har bir shart 15 ballik tizimda baholanib, "Institut malikasi-2026" tanlovida quyidagi ishtirokchilar gʻolib deb topildi:
1-oʻrin - Shomirzayeva Jasmina
2-oʻrin - Yusufjanova Odina
3- oʻrin - Xomidova Ruxshona
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.