English English English

"Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari”

  30.05.2025 08:51:02    13


Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasining "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.


"Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari”


Anjumanda O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktor o’rinbosari, akademik U.A.Rozikov, Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, p.f.d., akademik X.I.Ibragimov, Yangi asr universiteti dotsenti O‘.O.Toxirovlar kabi nufuzli ma'ruzachilar, soha yetakchilari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadilar.

Shuningdek, konferensiyada respublikaning koʻplab oliy taʼlim muassasalari, Akademik litsey hamda umumta’lim maktablaridan jami 110 nafar muallifdan 100 dan ziyod tezislar kelib tushgan.

Anjumanda pedagogik ta’lim va tarbiyaning nazariy-metodologik asoslari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy o‘quv muhitlari, ta’lim sifati va pedagogik innovatsiyalarni baholash, ta’lim va tarbiyadagi amaliy tadqiqotlar va tajribaviy loyihalar, globallashuv sharoitida pedagogik transformatsiya va ta’lim islohotlari kabi masalalari muhokama qilinib, zamonaviy ilmiy yondashuvlar taqdim etildi va amaliy yechimlar taklif etildi.

Maʼlumot uchun: mazkur anjuman doirasida O‘zR FA akademigi 2 nafar, fan doktori professorlar 9 nafar, fan nomzodi (PhD) dotsentlar 31 nafar, tadqiqotchilar 48 nafar, magistrant va talabalar 16 nafar o‘z tezis va maqolalari bilan ishtirok etishdi.


"Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari” "Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari”