YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI BOSHLANDI!
20.05.2026 10:36:47 21
YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI BOSHLANDI!
Namangan davlat pedagogika institutida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi kechki ta’lim shakli 1-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.
Yakuniy nazorat jarayonlari belgilangan tartib asosida test shaklida tashkil etilib, talabalarning semestr davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratildi.
Jarayon davomida mas’ul professor-o‘qituvchilar tomonidan imtihonlarning shaffof, adolatli va tartibli o‘tishi nazorat qilib borilmoqda.
Mazkur yakuniy nazorat imtihonlari talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini aniqlash hamda ta’lim sifatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.