Namangan viloyatida IV “Asal festivali” — yosh volontyorlar ishtirokida boshlandi
24.10.2025 00:27:42 25
Namangan viloyatida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan IV “Asal festivali”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti Turizm yo‘nalishi 1-bosqich talabalari faol volontyor sifatida ishtirok etmoqdalar.
Festival doirasida viloyatning turli tumanlaridan kelgan asal ishlab chiqaruvchilar, dehqon-fermer xo‘jaliklari hamda hunarmandlar o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda. Tadbir mehmonlarga nafaqat tabiiy mahsulotlar, balki milliy urf-odatlar, xalq ijodi va an’anaviy taomlar bilan boyitilgan madaniy muhitni taqdim etmoqda.
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari festival davomida tashkiliy jarayonlarda, mehmonlarni kutib olish, yo‘naltirish va axborot berish ishlarida faol yordam ko‘rsatishmoqda.
Volontyorlik jarayoni talabalarga amaliy tajriba, muloqot madaniyati va turizm sohasidagi xizmat ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini bermoqda. Ular mehmondo‘stlik, madaniy diplomatiya va ijtimoiy faollikni amalda namoyon etishmoqda.