"Dolzarb 90 kunlik" doirasida Chust tuman 1-son politexnikumida yozgi kasblar markazi ochilish marosimi tashkillandi.
19.06.2025 08:39:30 24
Tadbirda Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i, boshqarma apparat xodimlari, viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda 48 ta kasbiy ta'lim tashkilotlari direktorlari faol ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi, rang tasvir hamda maktab va madaniyat markazilarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklardagi iqtidorli yoshlar ham jam bo‘lishdi.
So‘ng Yoshlar oyligi dasturi doirasida voleybol, stol tennisi, Shaxmat-shashka, Zakovat intellektual o‘yinlari o'tkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sertifikatlari, metodik materiallar ham taqdim etildi. “Dolzarb 90 kun” doirasidagi bunday tashabbuslar yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmasini, balki jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.