NamDPIda OAV vakillari uchun press tur tashkil etildi
21.05.2025 08:59:38 3
Press turda institut rahbariyati boshchiligida jurnalistlar, hamkor tashkilot matbuot kotiblari hamda blogerlar ishtirok etishdi.

Press tur davomida institutning ta'lim jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, innovator talabalarning startap loyihalari, izlanishlar orqali vujudga kelgan ishlanmalari, shuningdek, koʻrgazmalari, shu bilan birga talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy uslubda jihozlangan oʻquv xonalari, muzeylar boshqa infratuzilmalari ko'rsatilib, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida ma'lumot berildi.
Press tur oʻtkazilishidan maqsad:
Ma'lumot almashish: oliy taʼlim muassasasi va ommaviy axborot vositalari o'rtasida samarali muloqotni ta'minlash;
Tashabbuslarni targ'ib qilish: taʼlim muassasasida professor-oʼqituvchilar hamda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqotlar yoki ijtimoiy tashabbuslar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish;
Ijtimoiy masalalarga e'tibor qaratish: ta'lim sohasidagi dolzarb masalalarga e'tibor qaratish va ularni ommaviy axborot vositalarida muhokama qilish imkoniyatini yaratish;
Samarali marketing: taʼlim muassasaning brendi va imijini yaxshilashga yordam beradigan marketing strategiyalarini amalga oshirishda OAVning rolini kuchaytirishdan iborat.
Press turning bu kabi maqsadlari oliy taʼlim tizimidagi kommunikatsiya jarayonlarini yanada samarali va ochiq tashkil etishga yordam beradi.