ScienceUP: 2026 amaliy tadqiqot loyihalar tanlovi
24.02.2026 16:16:36 10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlarda belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
- Filologiya va ijtimoiy fanlar
- Huquq fanlari
- Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
- Texnika fanlari
- Tibbiyot fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʼz loyihasi tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʼnalishini tanlashi va shu yoʼnalish boʼyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 2-fevraldan 2026-yil 14-mart soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlov shartlari
1. Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʼtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
4. Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
6. Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
7. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +998 71 203-32-23 (211, 219, 413, 425, 246).
ScienceUP: 2026 amaliy tadqiqot loyihalar mavzulari
ROʻYXATI
1. “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
2. “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha:
3. “Huquq fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
4. Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish:
5. “Texnika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
5.3. Suyuqlik chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish
5.4. Kukov uslubida (Cuckow method) areometrlarni kalibrlash qurilmasini yaratish
5.6. Putur yetkazmasdan tekshirish o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini ishlab chiqish
5.7. Past fon nurlanishli gamma kalibrlash qurilmasini yaratish
6. “Tibbiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha: