English English English

Startap va innovatsion loyihalar uchun 100 mln so'mgacha grant mablag'lari tanlovi e'lon qilinmoqda

  19.03.2026 10:33:49    15


Talaba-yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish hamda yangi ilmiy g‘oya va tashabbuslarni hamda loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Namangan davlat pedagogika institutining Startap loyihalar va minigrantlar" tanlovi tashkil etilmoqda.


Startap va innovatsion loyihalar uchun 100 mln so'mgacha grant mablag'lari tanlovi e'lon qilinmoqda


Tanlov fanning barcha yo'nalishlari uchun ta'luqli bo'lib, quyidagi yo'nalishlarga ustuvorlik beriladi:

✅ Axborot texnologiyalari loyihalari – dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, raqamli platformalar, avtomatlashtirish tizimlari va boshqa IT-yechimlar.
✅ Zamonaviy pedagogik innovatsiyalar - ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan metodik ishlanmalar, raqamli ta’lim resurslari, interaktiv platformalar va innovatsion o‘qitish texnologiyalari, inkllyziv ta`lim resurslari.
✅ Ijtimoiy va ekologik loyihalar - jamiyat muammolarini hal etishga, aholi farovonligini oshirishga, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalar.
✅ Texnik va amaliy fanlar yo‘nalishidagi loyihalar - muhandislik, texnologiya, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, energetika sohalarga oid loyihalar.

✍️ Tanlovda, institutning bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxasisiliklarida tahsil olayotgan barcha talabgorlar ishtirok etishlari mumkin hamda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➡Loyiha ariza-talabnomasi (Startap uchun (https://t.me/NamDPI_iqtidorli/3049); Amaliy loyihalar uchun (https://t.me/NamDPI_iqtidorli/3062))
➡loyiha taqdimoti

😃 Tanlov komissiyasi va ekspertlar guruhi tomonidan eng yaxshi deb topilgan loyihalar uchun institutning Innovatsion jamg'armasi mablag'ari hisobidan 100 mln so'mgacha bo'lgan grantlar ajratiladi hamda loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlanadi.

✉️ Belgilangan shakldagi arizalar joriy yilning 30-mart kuniga qadar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
🗣 Tel: +99890 1518999
1️⃣ Telegram: @Tursunov_Ramziddin