English English English

Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam

  06.10.2025 19:54:41    3


Namangan davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabalari viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektaklini tomosha qildilar.


Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam


Mazkur tashrif talabalarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish, san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, teatr san’ati orqali insoniy qadriyatlarni chuqur anglash maqsadida tashkil etildi.

Erkin Xushvaqtov qalamiga mansub “Qirmizi olma” asari asosida yaratilgan ushbu spektakl O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, u halollik, diyonat, oriyat, g‘urur va va’daga vafo kabi yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan.

Asardagi yengil yumor orqali hayotning achchiq haqiqatlari ochib berilgan bo‘lib, tomoshabinlarni chuqur mushohadaga chorlaydi.


Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam Madaniy hordiq – ma’naviy yuksalish sari qadam