"Kino time" loyihasi doirasida "Muallima" nomli kinofilm namoyish etildi.
11.06.2025 14:21:14 13
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari uchun "Kino time" loyihasi doirasida "Muallima" nomli kinofilm namoyish etildi.

Ushbu film o‘zining hayotiy voqealarga boy syujeti, chuqur ma’noli dialoglari va kuchli aktyorlik mahorati bilan talabalar e’tiborini tortdi.
Film voqealari orqali talabalarga ustoz-shogird munosabatlari, insoniylik, halollik, sabr-toqat va bilimning hayotdagi o‘rni haqida chuqur mulohazalar berildi. Ayniqsa, filmda ko‘rsatilgan o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi iliq munosabatlar, o‘qituvchining fidoyiligi va mehribonligi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.