English English English

Axborotga yangicha nigoh: kutubxonachilar malakasi oshirildi

  29.11.2025 11:54:08    6


Joriy yilning 24–29 noyabr kunlari Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi xodimlari — Z.Shamsiddinova, N. Rizaqulova va X. Olimova Oliy taʼlim tizimini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kursida faol ishtirok etishdi.


Axborotga yangicha nigoh: kutubxonachilar malakasi oshirildi


Mazkur o‘quv kursida xodimlar zamonaviy axborot-resurs muhitini shakllantirish, elektron kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar. Shuningdek, kutubxona xizmatlari sifatini oshirish, foydalanuvchi ehtiyojini aniqlash va xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash yuzasidan ilg‘or tajribalar bilan tanishishdi.

O‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Ushbu malaka oshirish jarayoni ARM jamoasining professional salohiyatini mustahkamlash, institutda ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


Axborotga yangicha nigoh: kutubxonachilar malakasi oshirildi Axborotga yangicha nigoh: kutubxonachilar malakasi oshirildi Axborotga yangicha nigoh: kutubxonachilar malakasi oshirildi