NamDPIda “Dolzarb 10 kunlik” doirasida “Ilhaq” filmi namoyish etildi
02.07.2025 14:39:15 19
Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 23-maydagi “Mahallalar, taʼlim muassasalari va tashkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha “Namangan tajribasi”ni yaratish hamda “mahalla yettiligi”ning bilim va koʻnikmalarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 10 kunlik” doirasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan institutda vatanparvarlik, birdamlik va jasorat gʻoyalarini ulugʻlovchi “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi. Talabalar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbir yoshlarning yurtimiz tarixi va bugungi tinch hayotning qadriga yetishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarda maʼnaviy immunitetni shakllantirish, ularda milliy gʻurur, yurtga sadoqat va ongli fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.