English English English

Kitob-ma`rifatga tuhfa

  04.06.2026 15:16:35    1


Namangan davlat pedagogika institutida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.


Kitob-ma`rifatga tuhfa


Talaba-yoshlarning bilim va malakalarini rivojlantirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni yanada oshirish maqsadida Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilshodbek Abdullayev hamda pedagogika yo‘nalishi 2-kurs Ped AU-24 va Ped BU-24 guruh talabalari tomonidan 40 dan ortiq turdagi ilmiy, badiiy va boshqa fan sohalariga oid kitoblar Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi.

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, ularni kitobga oshno qilish hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bugun mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori Yangi O‘zbekiston sharoitida ma’rifat, bilim va tafakkurga asoslangan jamiyatni barpo etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.