KEMBRIJ UNIVERSITETIDAGI TAJRIBA – O‘ZBEKISTON TA’LIMI UCHUN YANGI UFQLAR
31.10.2025 17:18:20 74
Hilola Najmiddinova – Intellektual fanlar va axborottexnologiyalari kafedrasi professori, pedagogika fanlaridoktori
Kembrij universitetining Faculty of Educationda o‘tkazilganmalaka oshirish dasturida ishtirok etish – men uchuno‘qituvchilik kasbiga, dars jarayoniga va ta’limga butunlayyangi nazar bilan qarash imkonini berdi.
Bu dastur faqatgina shaxsiy rivojlanish uchun emas, balkiO‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro tajriba asosidatransformatsiya qilish, o‘qitish va o‘rganish jarayonlariniyangi bosqichga olib chiqish uchun tashkil etilgan edi.
Treninglar davomida biz “What is a “Good Lesson”?” (“Yaxshi dars” qanday bo‘ladi?) va “What Makes a “Good Teacher”?” (“Yaxshi o‘qituvchi”ni qanday tayyorlanadi?) kabiasosiy savollarni chuqur tahlil qildik va bu borada baxs-munozaraga kirishdik. Albatta, bu savollar kishini chuqur o’ygatoldiruvchi, mushohadaga chorlovchi savollardir.
Kembrijdagi yondashuvga ko‘ra, “yaxshi dars” — bu tayyorreja emas, fikrlash, muloqot va o‘rganish uchun yaratilganmuhitdir. “Yaxshi o‘qituvchi” esa – har kuni o‘rganadigan, izlanadigan va talabasidan ilhom oladigan shaxsdir.
Kembrij universiteti tarkibidagi PGCE moduli talabalari uchunhamda Cambridge Maths School, Comberton Village Collegedagi o’quvchilar uchun o’tkazilgan matematikadarslarini kuzatishlar jarayonida “dialogik pedagogika” tamoyillari, “assessment for learning” (o’rganish uchunbaholash) va “assessment of learning” (o’rganishni baholash) yondashuvi va refleksiya (tahlil) madaniyati o‘qituvchinihaqiqiy professionallikka yetaklovchi kuch ekanini his qildim.
Kembrijdagi talabalarning darsdagi faol ishtiroki hamdao‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlik madaniyati ta’limningsamarali muloqot va o‘zaro hurmat tamoyillarigaasoslanishini yaqqol ko‘rsatdi.
Bugun bu tajriba biz uchun juda muhim.
Biz o‘qituvchilar sifatida endi nazariya va amaliyotniuyg‘unlashtirgan, reflektiv, dialogik va o‘quvchi jarayonmarkazida turuvchi ta’limni shakllantirish yo‘lida harakat qilishimiz lozim.
Bu o‘zgarishlar kichik ko‘rinsa-da, ular ta’lim sifatini xalqarodarajaga ko‘tarish sari katta qadamdir.
Kembrijdagi har bir mashg‘ulotdan o‘rganganim bitta oddiy, ammo chuqur haqiqat bo’ldi:
“Yaxshi dars — bu o‘qituvchi o‘rganadigan darsdir.”
O‘zbekiston ta’lim tizimi ana shu ruhda yangilanayotganiniko‘rish — eng katta ilhom manbaidir.