English English English

Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda

  14.10.2025 10:50:10    39


Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi dotsenti M.Payzibayeva Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli umumta’lim maktabida amaliyot o‘tayotgan o‘zbek tili yo‘nalishi 2-AU-BU kurs talabalari faoliyati bilan tanishdi.


Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda


Tashrif davomida talabalarning dars jarayonlaridagi faolligi, o‘qituvchilardan o‘rganayotgan amaliy tajribalari va o‘z pedagogik ko‘nikmalarini mustahkamlab borayotgani haqida fikr almashildi.

Maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar talabalarning amaliyotdagi ishtirokini ijobiy baholab, ularning darslarda faol, mas’uliyatli va tashabbuskor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Shuningdek, maktab direktori talabalarning kitob yarmarkasida faol ishtirok etgani va maktab kutubxonasiga o‘z tashabbuslari bilan badiiy adabiyotlar sovg‘a qilganliklarini e’tirof etdi.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat talabalarning kasbiy o‘sishiga, balki o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga ham xizmat qilmoqda.


Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda Talabalarning amaliyot jarayonlari joylarda davom etmoqda