English English English

NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA

  20.05.2026 10:35:59    2



NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA


NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA

Namangan tuman hokimligining majlislar zalida Namangan davlat pedagogika institutini 2025–2026-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan “Rahbar va bitiruvchi yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Namangan tumani hokimi Sadritdin Mo‘minov, Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, institut prorektorlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Namangan tumanida istiqomat qiluvchi 513 nafar talaba Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida tumandan jami 128 nafar talaba institutni tamomlaydi.

Bandlik holati tahliliga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 116 nafar bitiruvchidan 61 nafari ish bilan ta’minlangan, 34 nafari 2 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band, qolgan 21 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi asosida 7 nafar bitiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 130 mln so‘m moliyalashtirilgan.

Mazkur muloqot NamDPI bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi hamda ta’lim tizimini salohiyatli yosh kadrlar bilan boyitish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.


NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA NAMDPI BITIRUVCHILARI HOKIM E’TIBORIDA