Iqtidorli talabamizdan navbatdagi natija
06.05.2025 09:51:23 37
"Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovining Andijon viloyati bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Mazkur tanlovda tuman-shahar saralash bosqichlarida munosib ishtirok etib, g'olib sifatida viloyat bosqichiga yetib kelgan 80 nafar iqtidorli talaba-yoshlar final yo‘llanmasi uchun murosasiz bahslarga kirishdilar.
Kun davomida o'tkazilgan ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimoti davomida 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar Respublika bosqichi yo'llanmasini qo'ga kiritishdi.
Quvonarli tomoni viloyat bosqichida Namangan davlat pedagogika institutining iqtidorli talabasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Aliyeva Mushtariy - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi.
Umumiy hisobda respublika bosqichiga chiqqan talabalarimiz soni 5 nafarni tashkil etadi. G'olib bo'lgan barcha talabalarimizga omad tilagan holda Respublika bosqichidan ham sovrinli natijalar kutib qolamiz.