"Ta'lim-tarbiya — millat ko'zgusi" mavzusidagi ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
27.04.2025 09:50:55 22
Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi A.Kamolova va Pedagogika yo'nalishi S.PED-BU-23 guruhi talabalari tomonidan "Ta'lim-tarbiya — millat ko'zgusi" mavzusidagi ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda aks etishi, milliy qadriyatlar asosida ta'lim va tarbiya borasidagi zamonaviy yondashuvlar, xalq pedagogikasi tajribalari va avlodni har tomonlama rivojlantirishda milliy tarbiyaning o'rni namoyish etildi.
Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar va raqslar o’zbek milliy qadriyatlarini, madaniyatini o’zida mujassam etdi.
Tadbir davomida bugungi kunda bola tarbiyasiga kirib borayotgan internetning salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi sahna ko'rinishi namoyish etildi.