NamDPI tabalari “Talaba — yugur” musobaqasida g‘olib bo‘lishdi!
15.11.2025 00:43:00 27
Talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish maqsadida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi o‘tkazildi.
2025–2026 o‘quv yilidan boshlab ushbu musobaqa har yili uzluksiz ravishda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etib boriladi.
Kuzgi mavsumda institutimiz talabalari faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishdilar. G‘oliblar quyidagilar:
🏃♂️ O‘g‘il bolalar yo‘nalishi:
Isroilov Xusanboy — JSM DU 23
Jo’nashev Aziz — JSM BU 25
Karimov Muhammadsodiq — JSM AU 23
🏃♀️ Qizlar yo‘nalishi:
Mamajanova Mohidil — JSM AU 24
Ibragimova Moxina — JSM CU 24
Yo‘ldasheva Odina — JSM DU 24
G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! 🏅
Bunday musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirib, sog‘lom hayotga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamlaydi.