NamDPIda "Milliy she'riyat kechasi" boʻlib o’tdi
16.05.2025 08:31:12 7
Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida milliy anʼanalar, urf-odatlar va qadriyatlarni yorituvchi "Milliy sheʼriyat kechasi” bo’lib o’tdi.

She'riyat kechasida talabalar oʻzbek klassik adabiyoti hamda zamonaviy uslubda yozilgan sheʼrlardan ifodali oʻqib, o’zlari sevib yod olgan she’r mualliflarining xotirasini munosib yod etdilar.
Iqtidorlarni jamlagan mazkur she’riyat kechasi talabalarga birdek manzur bo’ldi.