"Rektor stipendiyasi" sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
01.05.2025 09:50:05 6
Avval xabar berganimizdek (https://t.me/NamDPI_iqtidorli/2039), Namangan davlat pedagogika instituti Kengashining 2024-yil 9-sonli yig'ilishi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Namangan davlat pedagogika instituti Akademik litseyining iqtidorli o'quvchilari uchun "Rektor stipendiyasi" tanlovi o'tkazilib, yakunida 18 nafar o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.

Akademik litseyda tashkil etilgan taqdirlov marosimida, institut rektori B.Xusanov ishtirok etib, akademik litsey o'quvchilari va ularning ota-onalarini samimiy tabriklab, o'quvchi-yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va iqtidorlarini yuksaltirish doimo e'tibor markazida ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi. Shundan so'ng, o'quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi va yakunda sovrindorlar uchun "Rektor stipendiyasi" guvohnomalari tantanali ravishda o'z egalariga topshirildi.