2025/2026-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarining 2-kuni
15.07.2025 10:06:05 67
Ayni damda Doʻstlik Akademik litseyida 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarining 2-kuni koʻtarinki kayfiyatda start oldi

Mazkur sinov jarayonlari Namangan viloyatidagi belgilangan test markazlaridan biri sifatida yuqori tashkiliy darajada olib borilmoqda.
Test sinovlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh vakillari ham mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda.
Ular tomonidan tashkiliy masalalar, nazorat, ota-onalar va abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik va tartib masalalari yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
Shu bilan birga, test sinovlari jarayonida texnik va psixologik qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda atrof-muhitning qulayligi kabi jihatlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov test o‘tkazilayotgan hududga tashrif buyurdi. Tashrif davomida imtihon jarayonlari, nazorat tartibi, xavfsizlik choralari, abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ota-onalar uchun ajratilgan kutish maskanlari bilan yaqindan tanishdi.
Ilm sari odimlayotgan barcha yoshlarga Namangan davlat pedagogika instituti nomidan omad tilaymiz!