Talaba qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi
25.09.2025 09:43:25 92
Namangan davlat pedagogika institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva boshchiligida mas’ullardan iborat ishchi guruh ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Xususan, isitish tizimining sozligi, umumiy foydalanish xonalarining gigiyena talablariga javob berishi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalalari o‘rganildi.
Shuningdek, qizlarga kundalik turmushda xavfsizlik qoidalariga amal qilish va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.