"Bahor tafti Zulfiyaxonim yodi bilan" nomli tadbir tashkil etildi.
05.03.2026 11:33:18 544
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi munosabati bilan "Bahor tafti Zulfiyaxonim yodi bilan" nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i M. Nabijonov, Pedagogika fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-maʼrifiy ishlar bo'yicha dekan oʻrinbosari S.Dadaboyev, Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri S. Sulaymonova va pedagogika kafedrasi o'qituvchisi N.G'oyipova, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Zulfiyaxonim siymosi haqida va bizga oʻrnak bo'luvchi sifatlarini va yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun oʻrnak boʻlib xizmat qilishi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning qalbidan birdek joy olgan she'rlari oʻqilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi eʼtirof etildi.