Namangan davlat pedagogika institutida "Milliy qadriyatlar" kuni
19.09.2025 09:45:57 16
Institutda belgilangan ushbu kun munosabati bilan barcha talaba-yoshlar milliy liboslarda dars mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi.

Milliy liboslar qadriyatlarimiz timsoli sifatida yoshlarda g‘urur, or-nomus va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ushbu tashabbus yoshlarning milliy qadriyatlarni qadrlashiga, o‘z an’ana va urf-odatlariga mehr-muhabbat bilan qarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Milliy qadriyatlar kuni — yoshlar uchun nafaqat libos, balki g‘urur va iftixor, ko’tarinkilik, hush kayfiyat kuni bo’lmoqda!