O‘zlikni anglash sari qadam yoxud NamDPI — Urganchda
15.06.2025 09:35:49 14
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida Xorazm viloyati Urganch shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar buyuk sarkarda, yurt himoyachisi sifatida tarixda chuqur iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasi hamda qadimiy yozma manba – insoniyat tafakkurining durdonasi bo‘lmish Avesto yodgorligi bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu tashrif yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va g‘ururni mustahkamlashga xizmat qildi.
Talabalar nafaqat tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, balki o‘z yurti o‘tmishi bilan faxrlanish hissini chuqur his etdilar.
O‘zbek xalqining shonli o‘tmishini o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish — kelajak avlodni yetuk va vatanparvar qilib tarbiyalashning muhim qadami hisoblanadi.