Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun”
16.08.2025 08:50:57 9
Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tizimli ishlar izchil davom etmoqda.

Institut xotin-qizlar psixologi N.Tajiboyeva Norin tumanidagi 41-sonli maktabga tashrif buyurdi. Maktabda o‘quvchilarning harakat sezgilarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik treninglar va qiziqarli mashg‘ulotlar muntazam tashkil etilmoqda.
Ushbu tashriflar orqali:
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish,
bilimga, sportga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsad qilingan.