"Xotira hiyoboni"ga tashrif
06.05.2025 09:20:46 24
Namangan davlat pedagogika instituti fakultet tyutorlari talabalari bilan birgalikda 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Namangan viloyatida joylashgan "Xotira hiyoboni"ga tashrif buyurib, motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻyishdi.
Tashrif davomida ll-jahon urushida ishtirok etgan namanganlik qahramonlar hamda motamsaro ona haykali haqida maʼlumot olib, mavzu doirasida davra suhbati tashkil etishdi.