English English English

Xalqaro hamkorlikning amaliy ifodasi

  17.04.2026 11:36:18    41


Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ayni kunlarda Sankt-Peterburg shahrida ilmiy safar bilan bo‘lib turibdilar. 


Xalqaro hamkorlikning amaliy ifodasi


A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida ushbu tashrif amalga oshirilmoqda. Mazkur hamkorlik asosida professor-o‘qituvchilarimiz malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqdalar. Dastlabki mashg‘ulotlar davomida “Pedagogik texnologiyalarni o‘qitishning nazariyasi va metodikasi” fani doirasida “O‘qituvchilarning ekspertlik faoliyati” mavzusi chuqur tahlil qilindi. O‘quv jarayonida ishtirokchilar ta’lim dasturlari va o‘quv qo‘llanmalarni tahlil qilish, ularni saralash hamda ilmiy-pedagogik faoliyatda samarali qo‘llash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab bormoqdalar. Xalqaro ilmiy safar professor-o‘qituvchilarimiz uchun nafaqat tajriba almashish, balki yangi ilmiy g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish imkonini ham bermoqda.


Xalqaro hamkorlikning amaliy ifodasi Xalqaro hamkorlikning amaliy ifodasi Xalqaro hamkorlikning amaliy ifodasi