"Adolat koʻzgusi" gazetasining joriy yil avgust sonida Namangan davlat pedagogika instituti
07.08.2025 08:32:42 6
"Adolat koʻzgusi" gazetasining joriy yil avgust sonida Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri E’zozaxon Yakubbayevaning "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida "Men kitoblar ichida yashayman" sarlavha ostida maqolasi chop e'lon qilindi.

Ushbu maqolada muallifning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar qalbida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kutubxonaning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatini targ‘ib qilish borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan.