NamDPI va Prezident maktabi — sifatli ta'lim sari
09.09.2025 08:54:57 18
Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o’rtasidagi sifatli ta’lim bo’yicha hamkorlik avvalo talabalar manfaatlariga hizmat qilmoqda.
Institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Abdunazarov va dotsent E.Abdulvohidov Namangan shahar Prezident maktabida bo’ldilar.

Yangi o’quv yili boshidan birgalikda amalga oshirish ko’zda tutilgan vazifalarni belgilab olish maqsadida hamkor ta’lim muassasa rahbariyati bilan o’tkazilgan muloqot xorijiy tajriba va texnologiyalarni pedagogik jarayonlarga tadbiq etishni yanada jadallashtirish masalasiga bag’ishlandi.
Institutda tahsil olayotgan talabalarning 410 nafardan ziyodi xorijiy tillar bo’yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega. 1-bosqichga qabul qilingan talabalar yuqori bal jamg’argani ham salohiyatli yoshlarga ta’lim berishda alohida yondoshuvni talab etganligini aks ettiradi. Shu maqsadda chet ellik mutaxassislarni dars mashg’ulotlarga jalb qilish, talabalarning ilmiy va pedagogik amaliyotini tashkil qilish borasidagi hamkorlik tamoyillari belgilandi.